Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

BOSHLANG'ICH SINF YOSHIDAGI BOLALAR NUTQINI O'STIRISHDA ONTOGENEZ-PSIXOLINGVISTIKANING AHAMIYATI

ABI

Аннотация

Mamlakatimizda keyingi yillarda kommunikativ kompetensiyaning ontogenetik rivojlanishi muammosiga gumanitar fanlar olimlarining qiziqishlari tobora ortib bormoqda.Bolalar nutqi fanini belgilash uchun turli xil atamalar, jumladan: bolalar nutqi psixologiyasi va bolalar tilshunosligi,nutq, ontolingvistika, yoshlar tilshunosligi va logogenez nazariyasi, psixolingvistika kabi terminlar qo‘llanilmoqda. Biroq, hozirgi rivojlanish bosqichida ontogenez fani- bola nutqiy faoliyati hali ham mukammal o‘rganilmagan tadqiqotlar sifatida namoyon bo‘ladi.Psixolingvistika fanining vazifalari, usullari va tadqiqot materiali bo‘yicha o‘zaro dunyo mamlakatlarida turli ilmiy-nazariy fikrlar bildirilgan. Bu, asosan, bolalar nutqini olimlar tomonidan o‘rganilishi,turli ilmiy sohalarga tegishli bo‘lgan, ba’zan esa turli fanlar doirasida kechuvchi alohida yo‘nalish hisoblanadi. An’anaga ko‘ra, bolalar nutqi tilshunoslar, psixologlar, logopedlar va maktabda ona tilini o‘qitishga ixtisoslashgan o‘qituvchilarning tadqiqot ob'ekti hisoblanadi. Bolalar nutqi fanining rivojlanishidagi ana shunday kuchli rag‘bat til fanining so‘nggi yigirma yil ichida mamlakatimizda boshidan kechirgan “antropotsentrik portlash”i,tom ma’noda keskin taraqqiyoti bo‘ldi. Antropotsentrik tilshunoslik (neolingvistika) lingvistik shaxsni, maktabgacha va boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarning muloqot qobiliyatlarini tadqiq qilishga qaratilgan.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0