ONA TILI DARSLARIDA KREATIV TASAVVURNI HOSIL QILISH USULLARI
Аннотация
<strong>Kirish. </strong>O‘qituvchi ba’zan talabalarning murakkab tushunchalarga oid bilimlarini boyitish uchun garchi mazmun bilan bog‘lanmagan bo‘lsa ham, tasavvurni uyg‘otishga imkon beruvchi g‘oyalarni ishlab chiqishda namuna bo‘ladigan vositadan foydalanishni o‘ylaydi. Tasavvur “mazmunning yangicha talqinini yaratib, mavjud tajribalarni boyitishga olib keladigan, biroq, ularni noodatiy usullar bilan birlashtirgan holda fikrlashning o‘yin holatidagi shakli”. Olim Ridli Pirson tasavvurning mohiyatini ekstensiv ravishda ochib beradi. U o‘zining “Shou gapirmaydi” (gap angliyalik dramaturg Bernar'd Shou to‘g‘risida bormoqda) nomli asarida o‘qituvchilarga auditoriyada talabalarning tasavvurlarini ijodiy rivojlantirishga imkon beradigan g‘oyalarni taqdim etadi. Qachonki o‘qituvchi talabalarga dalillarni taqdim etsa, ular fikrlay boshlaydi. Birinchi o‘qituvchi talabalarga faqatgina mazmun haqida ma’lumot berishi, ikkinchi o‘qituvchi ularga ushbu hodisaning mohiyatini ko‘rsatmali tarzda ochib berishi, uchinchi o‘qituvchi esa talabalarga bir-biriga yaqin ikki holat o‘rtasidagi aloqani topish maqsadida o‘z tasavvurlaridan qanday foydalanish kerakligini ko‘rsatishi mumkin. Materiallar, metodlar, tahlil va muhokama. Juda ko‘pchilik o‘qituvchilar talabalarni voqelikning tarixi bilan tanishtirishda uni turli bosqichlar: boshi, o‘rtasi va yakuniga oid ma’lumotlar bilan tanishtirishda Pirsonning uch bosqichdan iborat harakat tuzilmasiga oid qarashidan foydalanadi.
Перевод пока недоступен