Basketbol o'yinida strategiya va taktika
Аннотация
Strategiya, jamoaning asosiy va o‘rinbosar tarkibini tuzish, jamlash, musobaqani boshqarish usullari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, muayyan uchrashuvning (musobaqaning) taktik rejasini tuzish, bo’lajak o‘yinning nazariy va amaliy andozasini (nusxasini) qo’llab ko'rish, hamda o‘tkazilayotgan musobaqalarni atroflicha tahlil qilish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Taktik harakat kibernetik nuqtai nazaridan murakkab vaziyatda eng samarali qarorni topish va unga munosib harakat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z-o‘zini so’zlab boshqaruvchi faoliyatni anglatadi. Muayyan musobaqalarga mo‘ljallangan taktik shakl, usul va vositalar oldindan rejalashtirilgan strategik dasturga bo'ysunishi lozim. Barcha taktik harakatlar taktik bilimlar, fikrlash, vaziyatni to‘g‘ri baholash, maqsadga muvofiq qaror qabul qilish, jismoniy qobiliyat, texnik mahorat va iroda imkoniyatlariga asoslanishi kerak
Перевод пока недоступен