«DEVONU LUGʻOTIT TURK» ASARINING OʻRGANILISHIGA DOIR MA'LUMOTLAR
Аннотация
Mazkur maqolada Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarining oʻrganilishiga oid manbalar va ularda asar haqida ilgari surilgan fikr-mulohazalar tahlilga tortilgan. Oʻzbekistonda «Devonu lugʻotit turk» bilan birinchi boʻlib qiziqqan Abdurauf Fitrat boʻldi. U XX asrning 20-yillari oʻrtalarida «Devon»dagi barcha she’riy parchalarni yigʻib, oʻzbek tiliga oʻgirdi. Fitrat «Devon»dagi sheʻriy parchalarni ilk bor u yoki bu mavzu doirasida guruhlashtirib, ularning har biriga alohida sarlavha berib, 1927-yilda chop etilgan «Eski turk adabiyotining namunalari» kitobiga kiritdi. “Devonu lugʻotit turk” asari qomusiy manba sifatida muhim ahamiyatga ega filologik manba hisoblanadi. Unda keltirilgan har bir misol tarixiy, ilmiy, ma’naviy ma’rifiy jihatdan alohida ahamiyatga ega.
Перевод пока недоступен