G'O'ZA SELEKSIYASIDA UZOQ SHAKLLARNI DURAGAYLASH
Аннотация
Paxta tolasini ishlab chiqarishni ko‘paytirish va sifatini yanada yaxshilash paxtachilikda asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammoni hal etishda seleksioner olimlar faoliyatining roli kattadir. Hozirgi kunda respublikamizda g‘o‘za seleksiyasi bilan 20 ga yaqin ilmiy tadqiqot muassasalari shug‘ullanmoqdalar. Seleksioner olimlarimiz tomonidan ko‘p yillik mashaqqatli mehnatlari natijasida ko‘plab yuqori hosilli, tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlari yo‘qori, kasalliklarga chidamli, ertapishar navlar yaratilib, O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reyestriga kiritilgan va mamlakatimizning katta maydonlarida ekilmoqda. Har xil turlar va turkumlarga mansub bo‘lgan o‘simliklarni duragaylash uzoq shakllarni duragaylash deb ataladi. Masalan, yumshoq bug‘doy bilan qattiq bug‘doyni, o‘rta tolali g‘o‘za bilan ingichka tolali g‘o‘zani, kungaboqar bilan topinamburni, oddiy so‘li bilan vizantiya so‘lisini, madaniy kartoshka bilan yovvoyi kartoshka turini chatishtirish turlararo duragaylashga, bug‘doy bilan javdarni, bug‘doy bilan bug‘doyiqni, olma bilan nokni, arpa bilan elemusni, kartoshka bilan pomidorni chatishtirish turkumlar aro duragaylashga kiradi.
Перевод пока недоступен