Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseскороОткрытый API экосистемы
Латиница
Статья

BEMORLARDA ASORATLANMAGAN KATARAKTALARDA ULTRATOVUSHLI FAKOEMULSIFIKATSIYA (FEK) KATARAKTA AMALIYOTIDAN KEYINGI VAQTLARDA OFTALMOGIPERTENZIYANING PROFILAKTIKASI LAKOMA-T PREPARATINING FOYDALILIGINI BAHOLASH

ABI

Аннотация

Dunyo bo’yicha katarakta eng keng tarqalgan oftalmopatologiyalardan biri hisoblanadi. Katarakta bu koʻz gavharining qisman yoki toʻliq xiralashishi boʻlib, optik muhitlarning yorugʻlik oʻtkazish xususiyati hamda koʻrish oʻtkirligi pasayishi bilan namoyon boʻladigan kasallikdir. Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (BJSST)ning 2021-yilgi statistik ma’lumotlariga ko’ra, sayyoramizda 65 mln kishi katarakta bilan kasallangan. Ayniqsa, yosh kategoriyasi bo’yicha 40 yoshdan katta bo’lgan aholi qatlamining 15% qismida va 80 yoshdan oshgan keksalarning har birida katarakta aniqlanadi. Epidemiologik tadqiqotlar ma'lumotlariga ko'ra, katarakta bilan kasallanishning o'sish tezligi aholi umumiy sonining o'sish tezligidan deyarli 2 baravar tezroq, shuningdek bu ko’rsatkich qurilish-sanoati rivojlangan mamlakatlarda 4-5 baravarni tashkil qiladi. Katarakta koʻzning tugʻma patologiyalari orasida ham, koʻrlikka olib keluvchi sabablari orasida ham eng ko’p qismini tashkil qiladi. Kasallikning keng tarqalganigi zamonaviy oftalmologiyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0
Показатели — AkademScholar · Скоро