SANOAT KORXONALARI VA ULARDA “JUST IN TIME” MODELINI QOʻLLASH BOʻYICHA TAHLIL VA NATIJALAR
Аннотация
Bugungi kunda Oʻzbekistonda mavjud korxona va tashkilotlar soni 600 mingga yaqinni tashkil etmoqda. Albatta, ularning faoliyatini oʻrganish, ishlab chiqarish tizimlarini takomillashtirish butun mamlakatga katta foyda olib keladi. Turli olimlar korxonalarda ishlab chiqarish va ish yuritish boʻyicha uzoq yillardan buyon ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda. Bu albatta oʻz natijasini koʻrsatdi. 100 yil oldinga qaraganda korxonalarda bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt va mehnat ancha kamaydi, biroq sifat va unumdorlik ancha oshdi. Oʻzbekistonda ham bu tajribani qoʻllash va keng joriy etish koʻp sohalarda ijobiy natijalar berishiga ishonamiz. Ushbu maqolada Oʻzbekistondagi sanoat korxonalari, ulardan ba’zi korxonalar, MDH davlatlaridan va Xalqaro miqyosdagi ba’zi korxonalar faoliyati oʻrganiladi va ularda “Just in time” modelini qoʻllash boʻyicha tahlil, taklif va tavsiyalar beriladi.
Перевод пока недоступен