O‘qotar qurollarning situatsiviy ballistik ekspertizasi
Аннотация
Maqolada situatsiyaviy sud ekspertizasi tushunchasi, situatsiyaviy ballistik ekspertizalarning vazifalari, bu turdagi ekspertizaning diagnostikaviy ballistik ekspertizadan farqlari va vazifalari, situatsiyaviy sud-ballistika ekspertizasining ob’yektlari va tadqiqot predmeti, bu turdagi sud ekspertizasini tayinlashda etilgan materiallarning sifati va to‘liqligi masalalari o‘rganilgan. O‘qotar quroldan otuvchining joylashgan joyini aniqlash bo‘yicha vazifalar tadqiq qilingan, soha mutaxassislarining ilmiy asarlarining va sud ekspertlik amaliyotining tahlillari natijalariga asoslanib, bu turdagi sud-ballistik ekspertizasida hal qilish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan holatlar (ekspert harakatlarining algoritmi) tavsiya qilingan. Situatsiyaviy sud ekspertizasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘q otish yo‘nalishini aniqlashning ko‘zgu orqali vizirlash uslubi yordamida o‘q otish yo‘nalishini aniqlash usuli taklif qilingan.
Перевод пока недоступен