O‘zbekiston turizmida XXR bozori va bunda smart turizmning o‘rni
Аннотация
Xitoy turizm bozori koʻlami juda katta va dunyo boʻylab xorijiy sayyoh qabul qilishga moslashganbarcha mamlakatlar top-5 ligida Xitoy Xalq Respublikasidan keladigan sayyohlar turadi. Janubi-sharqiy Osiyomintaqasi uchun esa eng katta bozordir va ASEAN mintaqasi davlatlarining 22% foiz sayyohlarni yetkazibberadi. Covid-19 pandemiyasi sababli bu bozorning yopilishi koʻplab iqtisodiyotlarda salbiy aks etdi va lockdownsiyosati bekor qilingach, bu bozor uchun kurash boshlandi. Bu kurashda Oʻzbekiston ham tarixiy aloqalarva siyosiy hamkorlik aloqalaridan foyda lanish tez mevasini berishi tayin, xususan, ShHT doirasidagistrategik hamkorlik va hukumat qarori bilan XXR fuqarolari uchun 10 kunlik viza rejimining bekor qilinishi buishlarning yanada tezlashtirishga xizmat qiladi. Ammo bu bozorning oʻziga xos taraflari – til, smart texnologiyalari,internet makonidagi avtonomlik alohida yondashuvni talab etadi. Izlanish aynan shu yoʻnalishlarniajratish va tahliliga bagʻishlanadi.
Перевод пока недоступен