Перейти к основному содержанию
proceeding

Raqamli iqtisodiyotni joriy etishda mehnat bozorini shakllantirish

2023uz
ABI

Аннотация

Annotatsiya. Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat bozorini shakllantirish, aholi bandligini ta’minlash va mehnat munosabatlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Raqamli texnologiyalar hamda platformalarning ish o‘rinlari, bandlik shakllari va xodimlarning kasbiy malakasiga qo‘yiladigan talablarga ta’siri muhokama qilingan. O‘zbekistonda mehnat bozorini raqamlashtirish, norasmiy bandlikni rasmiylashtirish va zamonaviy kasblarga mos kadrlar tayyorlashning ahamiyati ochib berilgan. Raqamli transformatsiya sharoitida samarali bandlikni kengaytirish, xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish zarurligi asoslangan. Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, mehnat bozori, aholi bandligi, raqamli texnologiyalar, raqamli platformalar, avtomatlashtirish, mehnat munosabatlari, norasmiy bandlik, yangi ish o‘rinlari, kasbiy malaka.

Перевод пока недоступен

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0