Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

Ekspert xulosasining dalil manbai sifatidagi tuzilishi, mazmuni va uni baholash

Otabek GaniyevDotsent, Kriminalistika va sud ekspertizasi kafedrasi, Toshkent davlat yuridik universiteti
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada sud ekspertiza xulosasining tuzilishi, mazmuni va uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza o‘tkazish uchun belgilangan barcha protsessual qoidalarga rioya etilganligi nuqtai nazaridan baholash masalalariga bag‘ishlangan hamda ekspert xulosalarini baholashning aniq, yagona uslubiyoti ishlab chiqilmaganligi ta’kidlangan. Ekspert xulosasining mazmuni va tuzilishi, ya’ni sud eksperti xulosasining barcha tarkibiy qismlari (kirish, tadqiqot va xulosalar – yakunlovchi qism) amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq batafsil yoritilgan. Bir qator kriminalist olimlarning nazariy fikrlarining tahlillariga tayanib, ekspert xulosasini protsessual hujjat sifatida baholash nuqtai nazaridan ushbu hujjatni rasmiylashtirish uchun bir qator protsessual talablar inobatga olinishi kerakligi asoslangan hamda uning daliliy ma’lumot manbai sifatida baholash bilan bog‘liq bir qator qoidalarga e’tibor qaratish lozimligi asoslangan. Shuningdek, ekspert xulosasini baholashning o‘ziga xos xususiyatlari ta’kidlangan, ekspert xulosasining tadqiqot qismining faktik va uslubiy tomonini tekshirishda tergovchi va sud bilishi zarur bo‘lgan jihatlarga e’tibor qaratilgan. Ekspert xulosasining qonun chiqaruvchi tomonidan belgilangan tuzilishi tergovchiga, dalil sifatidagi yakuniy hujjatda aks ettirilgan, ekspertiza tadqiqotlarining kirish, tadqiqot va xulosalar (yakunlovchi) qismlarini ketma-ketlikda va tizimli ravishda tahlil qilish va baholashga imkon berishi asoslangan. Shu bilan birga, ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish va natijalarni rasmiylashtirish faoliyatini nazorat qilishda amalga oshiriladigan tadbirlar tavsiya qilingan.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0