OʻGʻUZ” ETNONIMI VA OʻGʻUZLAR
Аннотация
Oʻgʻuzlar turkiy xalqlarning tarixiy, tadrijiy taraqqiyyotida muhim rol oʻynagan. Ular turkiy xalqlar tarkibida ham salmoqli nufuzga ega. Tarixiy afsonaviy manbalarga koʻra turkiy xalqlar oʻgʻuzlardan tarqalgan degan da’vo mavjud. “Oʻgʻuzhoqon”, “Oʻgʻuzxon” kabi nomlar bilan ataluvchi manbada shunday fikrlar keltirilgan hamda bu fikr koʻplab tarixiy asarlarda, jumladan, Abulgʻoziy Bahodurxon va Mirzo Ulugʻbekning asarlarida takrorlanadi. Bundan tashqari, oʻgʻuzlar, ularning tarixiy faoliyati, etnonimning kelib chiqishi, tili va madaniyati haqida juda koʻplab manbalardan ma’lumot olish mumkin. Ushbu kichik tadqiqotimizda oʻzbek xalqi va tilida asosiy ahamiyat kasb etuvchi oʻgʻuzlar va ularning tili (dialekti) haqida kuzatishlarimizni bayon qilamiz. Ularning tarix sahniga chiqishi, qabilalar ittifoqini yaratishi, davlatchiligi, ilk yozma yorgorliklardagi oʻgʻuzlar, M.Koshgʻariyning “Devonu lugʻati-t-turk” asarida oʻgʻuzlarga munosabati, tarixiy va ilmiy manbalarda oʻgʻuzlar faoliyatining yoritilishi, etnonimning tarixiy va lisoniy asoslari haqida tahlillarimizni beramiz. Dastlab, oʻgʻuz atamasining kelib chiqishi hamda turkiylarning katta oilasida oʻgʻuzlarning tutgan tarixiy oʻrni va ahamiyati haqida fikrlarimizni bayon qilamiz.
Перевод пока недоступен