Bolalar viktimligining tasnifi va ularni kelib chiqishi sabablariga doir ilmiy yondashuvlar
Аннотация
Mazkur maqolada bolalar viktimligining tasnifi va ularni kelib chiqishi sabablariga doir ilmiy yondashuvlar bayon etilgan. Shuningdek, maqolada “bola” tushunchasi bilan bogʻliq olimlarning fikrlari tahlil etilgan. Shu bilan birga muallif maqolada bolalar maishiy zoʻravonlikka oʻsmirlarga qaraganda koʻproq duchor boʻlayotganliklari va bu ularning aqliy va hissiy rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi yuzasidan oʻz fikrlarini berib oʻtgan. Jumladan, bunday zoʻravonlikka uchragan bolalar katta boʻlgach, maktabda muammolarga duch kelishlari mumkin, tengdoshlari bilan muloqot qilishi qiyinlashib boraverishi, tushkunlikdan (depressiyadan), kuchli hayajon va boshqa ruhiy buzilishlardan aziyat chekishlari mumkinligi yuzasidan maqolada oʻz fikrlarini ilgari surgan. Bundan tashqari, muallif maqolada oilaviy zoʻravonlik bilan yashaydigan bolalar koʻplab xavf-xatarlarga duch kelishi jumladan, travmatik hodisalarga duchor boʻlishi, qarovsiz qolishi, bevosita zoʻravonlik xavfi va ota-onasidan birini yoki ikkalasini yoʻqotish xavfi yuzaga kelishi haqida ham Bularning barchasi bolalar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi va ularga aniq taʼsir koʻrsatishi mumkinligi borasida ham taʼkidlab oʻtadi. Mazkur maqolani yozish jarayonida muallif oiladagi zoʻravonlik bilan bogʻliq bolalar muammolarining uchta toifasi mavjudligini aniqlaydi.
Перевод пока недоступен