JAHON MOLIYAVIY BOZORIDA TAKOFULNING MAMLAKATLAR IQTISODIY TARAQQIYOTIGA TA’SIRI
Аннотация
Mazkur maqolada takofulning mamlakatimizda joriy etilishiga doir iqtisodiy matematik hisob-kitoblar taqdim etiladi. Ma’lumki, professional faoliyat olib boruvchi takoful korxonalari, bunday amaliyot tajribasi yurtimizda uchramaydi. Juda ham kam sonli mikromoliya tashkilotlari takoful printsiplari asosida ishlashga harakat qilmoqda, ammo bunday korxonalar aholiga professional moliyaviy xizmatni taqdim etmaydi. Bundan tashqari, ularnng faoliyat boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi. Shuning uchun ulardan olingan statistik ma’lumotlar vaziyatga ekonometrik baho berishga yaramaydi. Bunday data asosida ishonchli natija olib bo‘lmasligini olimlar yaxshi biladilar.