DAVLAT FUNKSIYALARI VA DAVLAT MOLIYASI O‘ZARO NISBATINING HUQUQIY MASALALARI
Аннотация
Muallif mazkur maqolada davlat funksiyalari va davlat moliyasiga oid kategoriyalarni tahlil qilgan. Mazkur tadqiqotning maqsadi tadqiqot natijasida davlat funksiyalari va davlat moliyasini faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Davlat funksiyasi davlatning vazifalaridan kelib chiquvchi asosiy faoliyat yo‘nalishi hisoblanadi. Mazkur jarayonlarda davlat moliyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat funksiyalarini bajarishda davlat moliyasining tizimli va maqsadli yoʻlga qoʻyilishi davlatning iqtisodiyoti va davlatchilik asoslarin rivojlanishiga olib keladi. Davlatning paydo bo‘lishi bilan uning oldiga aniq vazifalar qo‘yilgan bo‘lib, mazkur vazifalar birinchi navbatda, aholini tashqi va ichki xavflardan himoya qilish, ikkinchi navbatda, aholi farovonligini ta’minlash, uchinchi navbatda kuchli ijtimoiy himoya tizimini ta’minlash va boshqa vazifalar turadi. Mazkur muhim vazifalarni bajarish uchun davlat funksiyalarini bajarishi lozim bo‘ladi, xususan iqtisodiy funksiya, ijtimoiy funksiya, moliyaviy nazorat funksiya va boshqalar. Shu sababli, davlatning o‘z vazifalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun uning funksiya va moliyasini tartibga solish muhim hisoblanadi. Mazkur masalalarni milliy va xorijiy davlatlar qonunchiligini qiyosiy tahlil qilish, tarixiy-huquqiy, tizimli, mantiqiy, statistik va boshqa usullar orqali oʻrganish orqali davlat funksiyalari va moliyasi tushunchalari va unga doir takliflar ishlab chiqilgan. Mazkur takliflar ilmiy faoliyatda, qonun ijodkorligida, qonunni qoʻllash amaliyotida, milliy qonunchilik normalarini sharhlashda va takomillashtirishda qoʻllaniladi. Davlat funksiyalari davlat vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan asosiy faoliyat yo‘nalishi hisoblanadi. Davlat moliyasi davlat vazifa va funksiyalarini ta’minlash uchun pul jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash hamda foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar hisoblanadi.
Перевод пока недоступен