O’QUVCHILARNI IJODIY FIKRLASHGA YO’NALTIRISHNING NAZARIY VA USLUBIY YO’NALISHLARINING ILMIY TAHLILI
Аннотация
Ushbu maqola talabalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish nazariy yondashuvlarini va tarixiy rivojlanishini tahlil qiladi. Muallif qadimgi Yunonistondan boshlab, Islomgacha bo‘lgan davrlarni o‘rganib, ijodiy tafakkurning tarixiy, madaniy, va diniy kontekstlarini ko‘rsatadi. Aflotun va Aristotelning ijodkorlik haqidagi qarashlari, qadimiy yodgorliklarning tarbiyaviy mazmuni, va Sharq faylasuflarining, masalan, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, va Abu Ali ibn Sinoning pedagogik yondashuvlari muhokama qilinadi. Xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy evolyutsiyasi, Alisher Navoiy va Abdulla Avloniy kabi pedagoglarning ta'lim haqidagi qarashlari, shuningdek, Yusuf Xos Hojib va Kaykovusning ijodiy fikrlash va bilimning dinamik xususiyatlari haqidagi fikrlariga e'tibor qaratiladi. Maqolada ijodiy fikrlashning ahamiyati va uning XXI asrda ta'lim jarayonidagi o‘rni tahlil etiladi, shu bilan birga, talabalarda ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun pedagogik metodologiyalar va yondashuvlar taklif etiladi.
Перевод пока недоступен