Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

SHAXSIY HAYOT DAXLSIZLIGI HUQUQINI TA’MINLASH MASALALARI

Faxriddin MadiyevToshkent davlat yuridik universiteti, Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqiga nisbatan ta’siri nazariy tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat hayotida raqamli texnologiyalarning keng joriy qilinishi fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini ta’minlash borasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda. Shu bois shaxsiy hayot daxlsizligi huquqining tushunchasini konseptual, ilmiy-metodologik jihatdan oʻrganish, tahlil etish lozim. Har bir shaxsning oʻz sifatlariga ma’naviy-axloqiy baho berishga boʻlgan huquqini uning shaxsiy huquqi sifatida baholasak, subyektiv xususiyatga ega hisoblanadi. Shu bois uning qadr-qimmati va obroʻ-e’tibori jamiyatdagi ijtimoiy fikr bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi ham mumkin. Muallif, “shaxsiy hayot daxlsizligini buzuvchi holatlar”, “shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish” “shaxsga doir ma’lumotlarning xalqaro standartlari” “sha’ni va qadr-qimmatiga daxldor ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etmaslik” kabilarga toʻxtalib oʻtilgan. Maqolada xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi hamda huquqshunos olimlarning shaxsiy hayot daxlsizligiga oid yondashuvlarini tahlil qilgan holda raqamlashtirish sharoitida shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini va uni konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlarini kompleks tahlil qilish, shaxsiy daxlsizlikka oid Oʻzbekiston qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha takliflarni taqdim etildi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники