O‘ZBEK ADABIYOTIDA LATIFA JANRI TARAQQIYOTI VA TAHLILI
Аннотация
Xalq og‘zaki ijodida ota-bobolarimizning aytmoqchi bo‘lgan pand-nasihatlari, el eʼzozlagan odam bo‘lishning talab-qoidalari, Alp Erto‘nga, To‘maris, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik kabi ajoyib yurt farzandlarining botirliklari, xalqimizning urf-odatlari, milliy fazilatlarimiz haqida sanʼat darajasiga ko‘tarilgan so‘z tizimlaridan iborat maqol, qo‘shiq, ertak, doston, bolalarga bag‘ishlangan asarlar va boshqa janrlardagi namunalarda ifodasini topadi. Xuddi shuningdek, hajv sanʼati — o‘zbek adabiyotining eng taʼsirchan quroli hisoblanadi. Yozuvchilar adabiy-badiiy asarlar yaratishda kulgi vositasidan qurol sifatida mohirona foydalanilgan. Asarlarda bir vaqtning o‘zida falsafiy, tanqidiy, tarbiyaviy, masxaralash ruhida yengil hajviyot vujudga keldi. “Yozuvchilar kulgi vositasi orqali jamiyatdagi, o‘y-xayollaridagi, insonlar tabiatidagi qusurlarni ifoda etib, ularni tuzatishni maqsad qilishdi.
Перевод пока недоступен