Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

BALOG‘AT ILMINING RIVOJLANISHIDA SA’DUDDIN TAFTAZONIY ASARLARINING O‘RNI

Abdurashid ASKAROVLecturer of the al-Azhar Department for Arabic Language and Literature, International Islamic Academy of Uzbekistan Doctor of philosophy (PhD) in philology
The Maturidiyyajournal2024uz
ABI

Аннотация

Mazkur maqolada arab tilining balog‘at fani, uning tarkibidagi bayon, maoniy va badi’ ilmlari, ushbu ilmlarning yuzaga kelish tarixi, hamda, ularning ajdodlardan qolgan og‘zaki va yozma ma’naviy merosni o‘rganishdagi ahamiyati bayon qilinadi. Shuningdek, arab tili balog‘atiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar Jurjoniy, Zamaxshariy, Taftazoniy, Sakkokiy, Qazviniy haqida so‘z yuritiladi. Xususan, «Muṭawwal», «Muḫtasaru-lma‘āniy», «Šarḥu-l-miftāḥ» asarlari tekstologiyasi, tarkibiy tuzilishi, mazkur asarlardagi balog‘at qoidalari hamda terminlarining qo‘llanilishi borasida amalga oshirilgan tadqiqotlar Taftazoniyning balog‘at ilmining nazariy qoidalarini ishlab chiqishda o‘z uslubiga ega ekanini ko‘rsatadi. Ushbu asarlarda ilgari surilgan nazariy qarashlar balog‘at ilmi sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar salmog‘ini oshirishga xizmat qiladi. Taftazoniyning balog‘atga doir barcha asarlari u yashagan davr taqozosi bilan sharh tarzida yozilgan. Olim avvalgi balog‘at sohasidagi olimlarining asarlarini batafsil o‘rganib chiqqani va ularni tahqiq qilib, sharhlar yozgani ma’lum bo‘ldi. Sa’duddin Taftazoniy balog‘at ilmi namoyondalari hisoblangan Abdulqohir Jurjoniy, Mahmud Zamaxshariy, Yusuf Sakkokiy, Mahmud Qazviniy va boshqa olimlarning balog‘at ilmiga oid qarashlariga nisbatan munosabat bildirgan. Taftazoniy Jurjoniy va Sakkokiyning balog‘at ilmiga oid ishlab chiqqan qoidalarini tanqidiy ko‘rib chiqqan, to‘g‘rilagan, kengaytirgan, osonlashtirgan va yangi qoidalar bilan kengaytirgan hamda ularga dalillar keltirgan.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0
Показатели — AkademScholar · Скоро