TALABALAR NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Аннотация
Ushbu maqolada globallashuv davrida xorijiy tillarni biladigan mutaxassislarga bo‘lgan talabning ortishi va bu sohadagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Til va lingvistik ta’lim jamiyatning muvaffaqiyatli hayoti uchun muhim vosita sifatida baholanadi, ayniqsa, ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda. Mutaxassislar o‘rtasidagi muloqotni osonlashtirish uchun “Sohaviy ingliz tili” (ESP) kabi maxsus kurslarning ahamiyati ortib bormoqda. Maqolada til kompetensiyasi nazariyasi va amaliyoti, uning tuzilishi, mazmuni va mohiyati haqida batafsil ma’lumot beriladi. Nutqiy kompetensiyani oshirish jarayonining pedagogik jihatlari ko‘rib chiqiladi, talabalar o‘rtasida bu kompetensiyani shakllantirishning muhimligi ta’kidlanadi.
Перевод пока недоступен