Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT FAKULTETLARI TALABALARI UCHUN ANTIDOPING QOIDABUZARLIKLARINING OLDINI OLISH MEXANIZMINI YARATISH

ABI

Аннотация

Talabalari sportchilarida doping va unga qarshi kurash haqida bilimlarni shakllantirish. Eksperimental o‘rganish davomida ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlar va nazorat darslaridan iborat antidoping ta’limi bo‘yicha o‘quv kursi ishlab chiqildi va amalga oshirildi. 2019-2022 yillar davomida dopingga qarshi kurash kursida 1-3-kurslarda tahsil olayotgan 18-21 yoshli 353 nafar sportchi talaba tahsil oldi. Kurs natijalariga ko‘ra, doping iste’moli va unga qarshi kurashish choralari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari o‘tkazildi. Natijalar tahlili shuni ko'rsatdiki, respondentlarning 91,3 foizi doping iste'mol qilish sabablarini aniq tushunishadi – “musobaqalarda muvaffaqiyatsiz ishtirok etish”, “doping sportning ajralmas qismi ekanligiga ishonch”, “sog’liq uchun xavflarni e’tiborsiz qoldirish”, (murabbiy, ota-onalar, do'stlar). Bundan tashqari, doping bilan bog’liq xatti-harakatlarni tuzatish bo’yicha sportchilarni psixologik va pedagogik qo’llab-quvvatlash masalalari ustuvor hisoblanadi. Test sinovlari natijalariga ko‘ra, sportchi-talabalar o‘rtasida antidoping ta’limini yo‘lga qo‘yish yuqori samaradorlik kasb etadi, bu esa ularda shaxsning sport madaniyatining bir qismi sifatida antidoping madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi, degan xulosaga keldi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники