UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TABIIY FANLARNI O‘QITISH MAZMUNINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Аннотация
Hozirgi kunda dunyo ta’lim sohasini takomillashtirishga doir ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan bo‘lib, har tomonlama yetuk, yuqori malakali yoshlarni tayyorlashning mazmun va ilmiy-metodik bazasini rivojlantirish, o‘quv-tarbiyaviy jarayon muammolarining nostandart pedagogik yechimlarini topish, o‘quv materallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan motivatsiya asosida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, o‘quvchilarda kreativ tafakkur, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish uchun katta imkoniyatga ega bo‘lgan tabiiy fanlar ta’limi jarayonlariga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida Tabiiy fanlar fanini joriy etish hamda ta’limining sifat-samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha fikr-mulohazalar yoritilgan.
Перевод пока недоступен