Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseскороОткрытый API экосистемы
Латиница
Статья

BIRLAMCHI OCHIQ BURCHAKLI GLAUKOMASI BOR BEMORLARNI KOMPLEKS DAVOLASHDA CYTOFLAVIN SAMARADORLIGINI O’RGANISH

Advanced Ophthalmologyjournal2024uz
ABI

Аннотация

Dolzarbligi. «Glaukoma» atamasi progradient, surunkali tusga ega bo’lgan turli xil kelib chiqadigan ko’z kasalliklarining katta guruhini birlashtiradi. Tadqiqot maqsadi. Ko’rish a’zolarining klinik va funktsional ko’rsatkichlari asosida normallashtirilgan KIB bo’lgan birlamchi ochiq burchakli glaukoma (BOBG) bilan og’rigan bemorlarda Cytoflavin preparatining neyroprotektiv ta’sirini o’rganish. Material va usullar. BOBG I, II va III bosqichlari tashxisi bilan 60 nafar bemor tekshirildi. Barcha bemorlar qabul qilingan davolanish чоралрига qarab 2 guruhga bo’lingan. Natijalar. Cytoflavin BOBGda aniq neyroprotektiv ta’sirga ega, asab to’qimasini samarali himoya qiladi va apoptozni sekinlashtiradi. Ko’rish a’zolarining klinik va funksional ko’rsatkichlarini yaxshilashdan tashqari, biz barcha bemorlarda umumiy farovonlik, e’tibor va umumiy ko’rsatkichlarning yaxshilanishini qayd etdik. Xulosa. Olingan natijalarni tahlil qilish Cytoflavin preparatining kompensatsiyalangan KIB bilan og’rigan bemorlarni konservativ davolashda yuqori klinik samaradorligini ko’rsatadi va neyroprotektiv fon terapiya sifatida tavsiya etilishi mumkin.

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Показатели — AkademScholar · Скоро