DIAXRONIK KORPUSLAR: TIL RIVOJI TADQIQIDA KORPUS LINGVISTIKASI METODOLOGIYASINING O’RNI
Аннотация
Til yoki tilning muayyan qismini o‘zida ifoda etgan, yozma va og‘zaki matnlarni umumlashtirgan elektron lisoniy baza – korpus tahlil metodlarining amaliy ifodasi bo‘lgan milliy korpuslar til rivoji, leksik qatlam boyishi va uning bugungi kuni xususidagi statistik tahlilini aniq sonlarda takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Dunyoda lisoniy tadqiqotlar sifati statistik tahlillarga asoslanar ekan, sohada til korpuslarini yaratish amaliyotining samarali natijasi matn tahlili jarayonida sarflanadigan vaqtning tejalishiga imkon yaratadi. Ushbu maqola o‘zining oldiga diaxronik korpuslar tushunchasiga ilmiy izoh berish bilan bir qatorda, diaxronik korpus yaratishning ahamiyatini va undan til rivoji tadqiqida foydalanishning afzalliklarini tahlil qilishni maqsad qilib belgilagan.
Перевод пока недоступен