HOMILADORLIK FONIDA RIVOJLANGAN GESTATSION PYELONEFRITINING PATOMORFOLOGIK JIHATLARI
Аннотация
Pielonefrit homilador ayollarda eng ko'p uchraydigan buyrak kasalliklaridan biridir. Homiladorlik pyelonefritining etiologiyasida opportunistik mikroorganizmlar ustunlik qiladi (asosan enterobakteriyalar va enterokokklar (23%)). Surunkali pielonefritning takrorlanishi bilan homiladorlik ko'pincha preeklampsi bilan murakkablashadi va yangi tug'ilgan chaqaloqlarda yuqumli va yallig'lanish kasalliklarini rivojlanishi xavfi ortadi. Pielonefrit muammosining dolzarbligi xomila va xomilador onada yuqumli va septik asoratlarning mavjudligi va uni homiladorlik paytida yuzaga keladigan yuqori siydik yo’llarining kengayishiga salbiy ta’sir ko’rsatishida-dir. Homiladorlikning rivojlanishi pielonefritning surunkali kechishinii rivojlantiradi, buyrak kolikasining tez-tez hurujlariga olib keladi, buyrak etishmovchiligini keltirib chiqaradi.
Перевод пока недоступен