SAMARALI PEDAGOGIK MULOQOTNI TASHKIL ETISH TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI MUHIM OMIL
Аннотация
Ushbu maqolada ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishda muhim bo`lgan, dars mobaynida qo‘llaniladigan pedagogik muloqot metodlari bayon etilgan. Ta’lim sifatini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan ekanligi hamda respublikamizda ta’lim sifatini oshirish uchun olib borilayotgan islohotlar, davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan qaror va farmonlar haqida bayon etilgan. Ta’lim sifatini oshirishda pedagogik muloqotning o`rni va ahamiyati haqida tadqiqotchi olimlar fikrlari o`rganilgan, shuningdek muallif tomonidan o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi samarali muloqotni tashkil etish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Pedagogik muloqotning strukturaviy elementlari klaster asosida tizimlashtirilgan va ularning tafsilotlari misollar orqali tushuntirilgan. Dars jarayonini tashkillashtirishda muhim bo`lgan ta’limiy metodlar klassifikatsiyalarga ajratilgan, hamda ularning ta’riflari batafsil bayon etilgan. Pedagogik muloqot metodlarining turlari, ularni to‘g‘ri tanlash va samarali qo‘llashning ta’lim jarayoni muvaffaqiyatidagi o`rni to`g`risida fikrlar berilgan. Shuningdek, ushbu ishda pedagogik muloqot va metodlarning turlari, zamonaviy yondashuvlar yoritilgan. Tadqiqot so`ngida ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishda muhim bo`lgan jixatlar bo`yicha xulosalar berilgan hamda ta’lim muassasalarida samarali pedagogik muloqotni tashkil etish uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Перевод пока недоступен