MA’MURIY SUD HUJJATLARINI IJROGA QARATISHNING HUQUQIY TARTIBI
Аннотация
Ushbu maqolada muallif ma’muriy sudlar tomonidan qabul qilinadigan sud hujjatlarining ijroga qaratilishi bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy tahlilni amalga oshiradi. Tahlil sud hujjatlarining asosan ikki xil mazmunidan kelib chiqib olib borilgan. Unda dastavval, ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha ma’muriy sudlar tomonidan qabul qilinadigan hal qiluv qarori hamda qarorlarni qonuniy kuchga kirishi va ijroga qaratilishining huquqiy tartibi tahlil qilinsa, keyin protsessual hujjat sanalgan ajrimlarning ham ijroga qaratilishi bilan bog‘liq qonunchilikda belgilangan tartibni tahlil qiladi. Tahlil statistik ma’lumotlar hamda amaliyotdan keyslar bilan boyitiladi. Shuningdek, tahlil davomida qonunchilikda mavjud muammolarga tahlillar natijasida huquqiy yechimlar hamda qonunchilikka takliflar beriladi.
Перевод пока недоступен