AXBOROT XIZMATIDA JAMOATCHILIK BILAN ALOQALARNI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI VA MEXANIZMLARI
Аннотация
Maqolada davlat boshqaruvi, unda jamoatchilik bilan aloqalarning o‘rni, axborot xizmati faoliyati, ular orqali jamoatchilik bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish hamda davlat boshqaruvida uning samarasini oshirishdagi roli va o‘rni yoritib berilgan. Davlat organlarida ularning xalq bilan muloqot qilishida ko‘prik vazifasini jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limlari bajarishi, PRning hozirgi muhim vazifalaridan biri asrning globallashtirish tendensiyasini qo‘llab-quvvatlash, ma’lumotlar oqimi aniq bir shaklda qurilgan va tashkil qilingan bo‘lishi kerakligi, uni faqatgina mutaxassislar emas, balki butun omma ham tushunishi muhimligi qayd etilgan. Ijtimoiy tarmoqning afzalligi, bugun internet – ijtimoiy tarmoqlar bilan siyosiy muloqotni o‘z ichiga olgan axborot texnologiyalari vositachiligidagi aloqaning paydo bo‘lgani, siyosiy tizim ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqa tobora muhim jarayonga aylanib borayotgani, uning yordamida jamiyatdagi hokimiyat munosabatlari tuzilishi, zamonaviy axborot jamiyatida axborotni tarqatish vositalarining samaradorligini oshishi bilan birga, ularning kuch manbalari sifatidagi roli va ahamiyati ortib borayotgani tahlil etilgan. Axborot xizmati jamoatchilik bilan aloqalar, ya’ni tashkilot va uning jamoatchiligi bilan muloqot orqali o‘zaro tushunish, tashkilotga nisbatan hamkorlik o‘rnatuvchi va qo‘llab-quvvatlovchi funksiyalarni bajarishi misollar yordamida ochib berilgan.
Перевод пока недоступен