WEB OF SCIENCE MA’LUMOTLAR TIZIMIDAN FOYDALANISH
Аннотация
Oʻzbekistonni jadal rivojlantirish maqsadida ilm-fan va ta’lim sohasidagi oliygoh xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy faoliyatlarini samarali tashkil etish maqsadida tegishli tashkilotlar tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilyapti, qarorlar e’lon qilinyapti. Ilmiy tadqiqot ilmiy faoliyatning asosini tashkil qilib, oliy ta’lim muassasasining har bir professor-oʻqituvchisi ilmiy tadqiqoti natijasini ilmiy maqola sifatida nashr ettirib boradi. Ilmiy maqola yozishda tadqiqotchi oʻzigacha chop etilgan adabiyotlar bilan tanishib chiqadi. Ma’lumot yig’ishda turli xil qidiruv saytlaridan foydalanish mumkin, lekin ulardagi ma’lumotlarning ilmiylik darajasi primitiv darajada boʻladi. Ushbu maqolada ishonchli ilmiy ma’lumotlar tizimi Web of Science haqida boshlang’ich ma’lumot berilgan. Maqola bilan tanishish davomida tadqiqotchi ilmiy manbalarni izlash, saralash, saqlash va shunga oʻxshash boshqa imkoniyatlardan mustaqil ravishda foydalanish koʻnikmasiga ega boʻladi. Shuningdek, tizimning yordam boʻlimidan foydalanish bilan tanishadi.
Перевод пока недоступен