Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

ADIB QALBIDAN: QAHRAMON RUHIYATIDA YOZUVCHINING IZI

ABI

Аннотация

Maqola qahramon ruhiyatini tasvirlashda yozuvchining avtobiografik ma’lumotlaridan qanday foydalanishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Adibning shaxsiy tajribalari va ichki dunyosi qahramon ruhiyatini qanday aks ettirishi, shuningdek, bunday yondashuvning adabiy ijodda qanday ahamiyatga ega ekanligi tahlil qilinadi. Maqolada amerika va o‘zbek adabiyotining yorqin vakillarining ijod namunalari tahlil qilinadi. Yozuvchilarning shaxsiy hayotlaridagi ma’lumotlarini, o‘zlari yashab ijod qilgan davr, jamiyat va hukumat boshqaruvining ruhiyatlariga bo‘lgan ta’sirini asarlaridagi qahramonlariga ko‘chirishgan va bu orqali ular ruhiyatlaridagi o‘zgarishlarni, ruhiy qo‘zg‘olonlarini, noroziliklarini ko‘rsatishgan. Ya’ni, asarlarda qahramonning psixologik portreti va yozuvchi hayotidagi voqealar o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib beriladi. Ushbu maqola yozuvchi va qahramon ruhiyati o‘rtasidagi murakkab aloqalarni tushunishga yordam beradi. Tadqiqot metodlari sifatida adabiy tahlil - matnlarni o‘rganish va qahramon ruhiyatini tasvirlashda avtobiografik elementlarni aniqlashda; psixologik tahlil - qahramonlarning ruhiyatini psixologik nuqtai nazardan o‘rganishda; yozuvchining hayoti va ijodi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish davomida biografik metodlardan foydalanildi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0