1-2-sinf oʼquvchilarining ingliz tilida leksik kompetentsiyasini rivojlantirishda “Guess What!” darsligining imkoniyatlari
Аннотация
Respublikamizning barcha taʼlim turlarini modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridandir. Zero, mamlakatimizda uzluksiz taʼlimning barcha bosqichlarida chet tillarni xususan, ingliz tilini oʼqitish jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil qilish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. А1 daraja sohiblarida leksik kompetentsiyani rivojlantirish, darslik mavzularini oʼrganish jarayonida turli mavzularga oid boʼlgan yangi soʼzlarni oʼzlashtirish va takrorlashlar orqali mustaxkamlab borish bilan amalga oshiriladi. Аyni damda davlat umumtaʼlim maktablarida 1-2sinflarda ingliz tilini oʼrgatish uchun yaratilgan yangi tahrirdagi “Guess What!” darsligi bir qator ijobiy afzalliklarga ega. Mazkur maqolada ushbu darslikning boshlang’ich sinf o’quvchilarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishdagi imkoniyatlarini tahlil qilamiz.
Перевод пока недоступен