ENANTIOMER (R)- VA (S)-4-METIL-4-ETIL-5-METILENTIAZOLIDINLARNING STEREOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI VA BIOLOGIK FAOLLIGI
Аннотация
Ushbu maqolada oltingugurt tutuvchi geterohalqalarning hosil bo'lish reaktsiyasining ba'zi turlari xaqida ma`lumot beriladi. Tiazolidin geterotsikllari kabi besh a'zoli tuzilmalar bo'lsa, endotsiklik azot atomi va ekzotsiklik oltingugurt atomi o'rtasida protonning migratsiyasi bilan bog'liq bo'lgan tion-tiol tautomer muvozanati yuzaga keladi. Termodinamik xususiyatlardan olingan ma'lumotlar va turli xil konfiguratsiya holatlarining barqarorligi haqidagi ma'lumotlar ularni amalga oshirish uchun tanlangan shartlarga qarab keyingi reaktsiyalarni rejalashtirish imkonini beradi. Ratsemik va optik faol "4-metil-4-etil-5-metilenetiazolidin-2-tionlar" preparatlarining biologik sinovlari ular turli bakteriyalar shtammlariga nisbatan turli darajadagi bakteriostatik va bakteritsid ta'sirga ega ekanligini ko'rsatdi.
Перевод пока недоступен