AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHNING IJTIMOIY, IQTISODIY VA MADANIY ASOSLARI: TARIXDAN BUGUNGI KUNGACHA
Аннотация
Maqolada, xotin-qizlarni iqtisodiy erkinlikka erishish yo‘lidagi omillar, ularni mehnat bozori va ish joylarida qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy siyosatlar va jamiyatdagi roli hamda bu o‘zgarishlarning jamiyat taraqqiyotiga qanday ta'sir ko‘rsatayotgani o‘rganiladi. Shuningdek, madaniy qadriyatlar, an'anaviy normativlar va ular bilan kurashish uchun amalga oshirilgan madaniy tashabbuslar ham kiritiladi. Bugungi kunda gender tengligini ta'minlash va xotin-qizlarga qarshi zo‘ravonlikni kamaytirish bo‘yicha global va milliy miqyosdagi tashabbuslarning samarasi haqida ham so‘z yuritiladi. Maqola ayollarni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyatini jamiyatning barcha sohalaridagi taraqqiyotning ajralmas qismi sifatida ta'kidlaydi va kelajakda bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida fikr yuritadi.
Перевод пока недоступен