O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK KODEKSINING YANGI TAHRIRI LOYIHASI BIRINCHI BO‘LIM 6-BOBIDAGI KONSEPTUAL MASALALAR TAHLILI
Аннотация
Mazkur maqolada Oʼzbekiston Respublikasining yangi Fuqarolik kodeksi loyihasidagi fuqarolik-huquqiy obyektlarni tartibga solish bilan bogʼliq asosiy masalalar keng tahlil qilinadi. Yangi Konstitutsiya va fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasiga muvofiq, kodeks loyihasi shaxsiy hayot daxlsizligi, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, shaxsiy nomulkiy huquqlarni huquqiy himoya qilish boʼyicha normativ asosni mustahkamlashga yoʼnaltirilgan. Ushbu loyiha doirasida, shaxsiy hayot daxlsizligini himoya qilish, shaxs tasviri va shaʼnini muhofaza qilish kabi yangi normalar, xususan, raqamli iqtisodiyotdagi huquqiy masalalar, kripto-aktivlar, “yashil energiya” sertifikatlari va transplantatsiya kabi zamonaviy obyektlarni tartibga soluvchi qoidalar ham kiritildi. Shuningdek, maqolada, kodeks loyihasining qoidalarida jahonning ilgʼor davlatlarida qabul qilingan tajribalarni inobatga olish muhimligi qayd etilgan. Bu borada, Rossiya, Xitoy, Fransiya, Germaniya kabi mamlakatlarning fuqarolik qonunchiligidagi nomoddiy neʼmatlar, shaxsiy daxlsizlik va obyektlarni tartibga solish yondashuvlari keltirilgan. Ushbu davlatlarning tajribasi asosida loyiha qoidalari Oʼzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari va zamonaviy talablariga mos holda ishlab chiqilganligi taʼkidlanadi.
Перевод пока недоступен