Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

PNEVMOPATIYALAR BILAN TUG‘ILGAN CHAQALOQLARNI O‘PKALARIDAGI MORFOLOGIK XOS JIHATLARI (adabiyotlar sharxi)

ABI

Аннотация

Ushbu sharh maqolasi neonatal pulmonologiyaning eng muhim bo‘limiga, yuqumli bo‘lmagan (pnevmopatiya) o‘pka patologiyasiga bag‘ishlangan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tibbiy-profilaktika yordamini tashkil etishni takomillashtirish, perinatal va erta bolalar o‘limini kamaytirish bolalar salomatligini muhofaza qilishning dolzarb muammosi hisoblanadi. Ushbu muammoning rivojlanishi pulmonologiyaning eng muhim jihatlarini - yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘pkaning yuqumli bo‘lmagan va yuqumli patologiyasini o‘rganish bilan chambarchas bog‘liq. Pnevmopatiya deb ataladigan o‘pkada yuqumli bo‘lmagan patologik jarayonlar (o‘pka atelektazi, gialin membranalari, shish-gemorragik sindrom va boshqalar) homila va yangi tug‘ilgan chaqaloq rivojlanishining prenatal va erta neonatal davrlarida shakllanadi va klinik ko‘rinishda birinchi ikki kun ichida nafas olish qiyinlishuvi sindromi distress sindromi shaklida - RDS) namoyon bo‘ladi. Pnevmopatiya asfiksiyali patologiya hisoblanadi, chunki u homila rivojlanishi davrida hipoksemiya va gipoksiya sharoitida yuzaga keladi va bola tug‘ilgandan keyin nafas olish etishmovchiligi bilan kechadi. Ko‘pgina yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda pnevmopatiyaning rivojlanish dinamikasida o‘pkada yuqumli va yallig‘lanish o‘zgarishlarining paydo bo‘lishi uchun sharoitlar yaratiladi. Sharhda respirator distress sindromining patomorfologik diagnostikasi va klinik kechishi bo‘yicha zamonaviy ma'lumotlar keltirilgan va ushbu sindromning shakllanishida pnevmopatiyaning ahamiyati ko‘rsatilgan.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники