INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI ONOMASTIK BIRLIKLAR TADQIQI
Аннотация
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillaridagi onomastik birliklarning lingvistik, uslubiy va madaniy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda onomastik birliklarning funksional xususiyatlari, semantik jihatlari va madaniy farqlari tahlil qilinadi. Ingliz tilida global voqealar va texnologik innovatsiyalar bilan bog‘liq onomastik birliklarning keng tarqalganligi aniqlangan bo‘lsa, o‘zbek tilida tarixiy meros va diniy qadriyatlarni ifodalovchi birliklar ustunlik qilishi ko‘rsatib o‘tildi. Toponimlar, antroponimlar va ramziy birliklarning tahlili ikki tilning madaniy o‘ziga xosliklarini ochib berdi. Tahlil natijalari orqali ikki tildagi onomastik birliklarning nafaqat tilshunoslikda, balki madaniyatni aks ettirish va saqlashda ham muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlanadi. Tadqiqot kelajakda onomastik birliklarni boshqa tillar bilan qiyosiy tahlil qilish va ularning qo‘llanilish imkoniyatlarini chuqurroq o‘rganish uchun zamin yaratadi.
Перевод пока недоступен