OʻZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI SHAXS-SON KATEGORIYASI
Аннотация
Mazkur maqola oʻzbek va ingliz tillaridagi shaxs-son kategoriyasini morfologik jihatdan funksionalsemantiktahlil qilishga bagʻishlangan. Muallif har ikki tilning grammatik tizimidagi shaxs-son kategoriyasinitaqqoslab, ularning oʻxshashlik va farqlarini batafsil tahlil qiladi. Maqolada shaxs-son kategoriyasi nafaqatgrammatik koʻrsatkich sifatida, balki tilning funksional-semantik qirralarini ochib beruvchi element sifatida hamkoʻrib chiqilgan. Oʻzbek tilida shaxs-son kategoriyasi feʼlning zamon va mayl shakllari bilan chambarchasbogʻlangan boʻlib, bu tilning morfologik tizimida boy va murakkab tuzilishga ega ekani koʻrsatilgan. Oʻzbek tilidagishaxs-son qoʻshimchalari (masalan, -man, -san, -miz, -siz) keng koʻlamda qoʻllanilib, gapda kishilik olmoshlari qatnashmagan holda ham shaxs va sonni ifodalashi mumkin. Ingliz tilida esa shaxs-son kategoriyasi faqat bittazamon — present simple (hozirgi oddiy zamon) doirasida -s qoʻshimchasi orqali uchraydi. Bu qoʻshimcha faqatuchinchi shaxs birlikda (he/she/it) ishlatiladi va boshqa zamonlarda shaxs-sonni ifodalash yordamchi feʼllar (tobe, have, will/shall) orqali amalga oshiriladi. Muallif shuningdek, ingliz tilida har bir gapda kishilik olmoshlari (I,you, he/she/it) qoʻllanilishi shart ekanini, bu esa oʻzbek tilidan muhim farqlardan biri ekanini taʼkidlaydi.Maqolada oʻzbek va ingliz tillarida shaxs-son kategoriyasining quyidagi farqlari keng yoritilgan:• Oʻzbek tilida shaxs-son qoʻshimchalari koʻpligi, ingliz tilida esa ularning minimal darajada ekanligi.• Oʻzbek tilida shaxs-son qoʻshimchalari feʼldan tashqari boshqa soʻz turkumlariga qoʻshilib, kesimvazifasini bajara olishi, ingliz tilida esa bunday hodisa mavjud emasligi.• Oʻzbek tilida shaxs-son shakllarining mayl va zamon kategoriyalari bilan bogʻliqligi, ingliz tilida esa faqathozirgi zamon bilan cheklanishi.• Ingliz tilida shaxs va sonni aniq ifodalash uchun har doim kishilik olmoshlari qoʻllanilishi shartligi, oʻzbektilida esa bunday holat koʻpincha lozim emasligi.Maqola oxirida muallif har ikki tilning shaxs-son kategoriyasi kommunikativ nuqtai nazardan qanday ahamiyatgaega ekanini misollar orqali koʻrsatib, bu kategoriyalarning tarjima jarayonlaridagi oʻrni va ahamiyatini tahlil qiladi.Ushbu maqola oʻzbek va ingliz tillarini qiyosiy oʻrganayotgan tadqiqotchilar va tilshunoslar uchun qimmatli ilmiymanba boʻlib xizmat qiladi.
Перевод пока недоступен