TO‘PLAMLAR USTIDA BAJARILADIGAN MINKOVSKIY AMALLARINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI
Аннотация
Mazkur maqolada Minkovskiy operatorlarining xususiy hollari bo‘lgan to‘plamlar ustida bajariladigan Minkovskiy amallarini o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar muhokama qilinadi. Tadqiqot ishida nazariy tahlil, lokal va nolokal differensial geometriya, qatlamalar topologiyasi, qatlamalar nazariyasi va dinamik sistemalar nazariyasining geometrik hamda topologik usullaridan foydalanilgan. Ushbu maqolada to‘g‘ri chiziqda va tekislikda berilgan to‘plamlarning Minkovskiy yig‘indisi va ayirmasini hisoblashning turli usullari keltiriladi. Ushbu usullarni talabalarga o‘rgatishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan metodlar, xususan, axborot texnologiyalaridan foydalanish, vizualizatsiya va interaktiv dasturlar yordamida darslarni boyitish yo‘llari tahlil qilinadi.