“CONTENT AND LANGUAGE INTEGRATED LEARING” (CLIL) METODINING INGLIZ TILINI O‘QITISHDA QO‘LLANILISHI
Аннотация
Ushbu maqola CLIL (Content and Language Integrated Learning) metodining ingliz tilini o‘qitishda qo‘llanilishi, uning afzalliklari va qiyinchiliklari haqida ma’lumot beradi. CLIL metodi nafaqat chet tilini, balki mazmunli o‘quv materiallarini ham o‘rganishni osonlashtiradi. Izlanish natijalari ushbu metod orqali o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish darajasi oshishini va motivatsiyaning kuchayishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, ushbu metodni ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli qo‘llash uchun maxsus tayyorgarlik ham zarurligi ta’kidlandi. Ushbu metod orqali til o‘rganish jarayonida talabalarga individual va gurux holida yondashish, o‘rganilayotgan kontentni tushuntirishda atrofimizdagi elementlar va mavjud obyektlardan foydalanish, til o‘rganish jarayonini boshqa soha va fanlar bilan bog‘liqligi ko‘rsatib beriladi. Maqolada talabalar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma va uning natijalari tahlil qilinadi. Natijalarga asoslangan holda taklif va mulohazalar keltirib o‘tiladi. Turdosh fanlar va ilmiy institutlarga o‘tkazilgan tadqiqotlar bilan taqqoslanib, kelajakda ta’lim jarayonida qo‘llanilishi va e’tibor molik bo‘lgan jihatlar to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Перевод пока недоступен