ELEKTR ENERGIYASINI YETKAZIB BERISHDA TEXNOLOGIK YOʻQOTISHLARNI STANDARTLASHTIRISH
Аннотация
Maqolada elektr energiya yoʻqotishlarini standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan(meʼyordan ortiqcha) toifalarga ajratish hamda buxgalteriya hisobida qayd etish uchun analitik hisobvaraqlar ochish boʻyicha takliflar keltirilgan. Elektr yoʻqotishlarining kelib chiqish xususiyatlariga koʻra “Elektr energiyasini yetkazib berishdagi zararlar” termini asoslangan. Elektr yoʻqotishlarini tannarx usulidagi hisobidan voz kechish hamda baholashda sotish narxi boʻyicha baholash taklif etilgan. Elektr energiyasi yoʻqotishlarini buxgalteriya hisobida hisobga olish boʻyicha namunaviy buxgalterlik oʻtkazmalari keltirilgan.