ISPAN TILI SIYOSIY NUTKINI O‘ZBEK TILIGA TARJIMA KILISHDA LEKSIK, STILISTIK QIYINCHILIKLARI VA UNI YENGIB O‘TISH IMKONIYATLARI
Аннотация
Ushbu maqola misolida ispan tili siyosiy nutqini o‘zbek tiliga tarjima qilishning leksik, stilistik qiyinchiliklari va uni yengib o‘tish imkoniyatlari xaqida fikr yuritiladi. Ushbu ilmiy izlanish chet tillarini o‘rganishda dolzarb hisoblanadi. Ilmiy ish natijasiga ko‘ra siyosiy diskursini o‘zbek tiliga tarjima kilishda leksik, stilistik xususiyatlarida uchraydigan qiyinchiliklar va ularning yechimlari o‘rganib chiqiladi. Tarjimani amalga oshirish jarayonida tarjimon nutq faoliyatini to‘liq amalga oshirishi bilan bog‘liq ko‘plab psixolingvistik qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bo‘lajak mutaxassislarda perseptiv (qabul qilish), diqqatni jamlash, xotirada saqlash, faraz qilish, fikrlash va boshqa qobiliyatlarni shakllantirmasdan turib, tarjimaga o‘rgatish mumkin emasligi xaqida fikr muloxazalar keltirib o‘tiladi. Shu bilan bir qatorda tarjimon matndagi ba’zi so‘zlar tarjimasini bilolmay qolgan xolatda xam matnning umumiy ma’nosini to‘g‘ri bera olishi kerakligi va og‘zaki matn tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari xaqida so‘z yuritiladi.
Перевод пока недоступен