Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

KO‘P YILLAR DAVOMIDA MINERAL VA ORGANIK O‘G‘ITLARNI QO‘LLASHNING SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI VA FOSFORLI HOLATIGA TA’SIRI

Abdunabi BoirovTuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi, q.x.f.nShuxrat JurayevTuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi, b.f.f.dOtabek XolmatovTuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti kichik ilmiy xodimi
ŬzMU habarlari.journal2024uz
ABI

Аннотация

Maqolada Paxtachilik instituti tomonidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda 1926 yilda qo‘yilgan ko‘p yillik tajribada mineral o‘g‘itlar va go‘ngining tuproqning agrokimyoviy xossalariga hamda fosforning noorganik va organik shakllardagi labil, o‘rtacha labil va stabil fraksiyalari miqdorlariga ta’sirini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlarda umumqabul qilingan kimyoviy tahlillar usullari hamda tuproq noorganik va organik fosfatlarining fraksiyaviy tarkibini aniqlash imkoniyatini beruvchi Hedley usuli qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha tajribaning 96 yilida (1926-2022 yy.) mineral o‘g‘itlar (N250P175K125kg/ga) va 30 t/ga go‘ng+25 kg/ga P2O5 variantlari tuprog‘ida gumus, azot, fosfor va kaliy miqdorlari nazoratga nisbatan sezilarli darajada ko‘paygan. Shu bilan birga tuproq singdirish sig‘imi oshishi va singdirilgan asoslar tarkibida kalsiy va kaliy miqdorlarining ko‘payishi aniqlandi. Mineral o‘g‘itlar, ayniqsa go‘ng ta’sirida tuproq umumiy fosfori tarkibida organik fosforning ulushi oshgan. Bunda, noorganik va organik fosforning barcha fraksiyalari, ayniqsa labil fraksiyalari miqdori ko‘payishi kuzatildi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники