Turli sharoitlarni inobatga olib kontreyler tashishlarda mahkamlash shartlarining matematik modeli
Аннотация
Ishdan asosiy maqsad temir yo‘l platformasiga ortilgan avtotransport vositasiga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchlarni aniqlash va ularni tizimlashtirishdan iborat. Ushbu maqolada yuklarni kontreyler tashishlar asosida xavfsizlik talablarini ta’minlash tahlillari olib borilgan. Tadqiqotda tashilayotgan yukning massasiga bog‘liq holda ta’sir qiluvchi kuchlarning tahlili hisobiga mahkamlash vositalari turini tanlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tashish turlarini tadqiq qilish sifatida avtopoyezd tashish, tirkama tashish, avtomobil transportida tashish va temir yo‘l transportidagi yarim tirkamalarni tashishda ta’sir qiluvchi kuchlarning turg‘unlikni ta’minlash shartlarini asoslashda yarim tirkamlarni yetkazib berish tanlangan. Ta’sir qiluvchi kuchlarning natijalovchilarini aniqlash yordamida mahkamlash vositalari sonini va talablarini belgilash imkoniyati yaratilgan.
Перевод пока недоступен