Yuk poyezdlari harakat tezliklariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tizimlashtirish
Аннотация
Ishdan asosiy maqsad yuk poyezdlari harakat tezliklariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni tizimlashtirishdan iborat. Temir yo‘l uchastka va yo‘nalishlari bo‘yicha yuk poyezdlari harakat tezliklarining o‘rnatilgan texnik me’yorlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar analitik tahlil qilindi hamda ularning poyezdlar harakati grafigi asosiy ko‘rsatkichlari bajarilishiga ta’sir darajalari aniqlandi. Natijada yuk poyezdlari harakat tezliklariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarini aniqlashning “Isikava” sxemasi ishlab chiqildi. Yuk poyezdlari uchastka va marshrut tezliklariga ta’sir ko‘rsatuvchi tasodifiy omillar darajalar kesimida tasniflandi va ularni tizimlashtirish vazifalari taklif etilgan.
Перевод пока недоступен