Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

BOLALAR ANUS ATREZIYASIDA PRON-LATERAL RENTGENOGRAFIYA VA TRANSPERINEAL ULTRASONOGRAFIYA: REKTO-PERINEAL MASOFANI ANIQLASHDA MUQOBIL YONDASHUV

Muzaffar YuldashеvAndijan State Medical InstituteAdxam GafurovAndijan State Medical InstituteШерзод ТошбоевAndijan State Medical Institute
ABI

Аннотация

So‘nggi paytlarda anorekatal malformatsiyalarni (ARM) tashxislashda ultratovush sonografiya usulidan foydalanish to‘g‘risidagi ba’zi ma’lumotlar mavjud, ammo ushbu texnika haqida tadqiqot natijalari keng yoritilgan ilmiy ishlar kam uchraydi. Tadqiqot maqsadi. Chaqaloqlarda exografik sonografiya orqali anus atreziyasi turini aniqlash samaradorligini va uning klinik amaliyotdagi qo‘llanish imkoniyatlarini baholashdan iborat. Tadqiqot materiali va usullari. Tadqiqot ishida anus atreziyasi mavgud 27 ta chaqaloqlarda rektal qopcha va teri orasidagi masofani aniqlashga qaratilgan rentgenologik vizualizatsiya va ultrasonografik usullarning diagnostik sezuvchanligi va aniqligi jihatidan taqqoslama taxlil o‘tkazildi. Barcha chaqaloqlarda invertografiya va pron-lateral holda rentgenografiya, shuningdek transperineal exosonografiya o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari va uning muxokamasi. Natijalarga ko‘ra rivojlanish nuqsonlari tarkibida hazm trakti tug‘ma nuqsonlari bilan yotqizilgan bemorlar xissasi ko‘pchilikni tashkil qilgan. Jami 27 nafar bemorlardan 4 ta xolatda oqmaning mavjudligi va 3 ta xolatda kloaka rivojlanish nuqsoni borligi tadqiqotga jalb qilishga istisno bo‘ldi va bu chaqaloqlar tadqiqotdan chiqarib tashlandi. Qolgan 20 ta bolalardan ARM ning quyi turi 13 tasida, yuqori va oraliq turlari 7 tada, mos ravishda 3 va 4 ta bolalarda uchradi. Tanlab olingan bemor bolalarda pron-lateral holatdagi rentgenografiya va perineal sonografiya usulining anus atreziyasini tashxislashdagi maxsusligi va sezuvchanligi, shuningdek miqdoriy testlarning axborotlilik darajasini baholash uchun ROC-taxlil amalga oshirildi. Exosonografiya uchun AUC (Area Under Curve) qiymati yuqori (0,92) bo‘lib, bu uning anus atreziyasini tashxislashdagi sezuvchanligi yuqori ekanini ko‘rsatadi, ya’ni exosonografiya 92% holatlarda to‘g‘ri tashxis qo‘yish imkoniyatini beradi. Pron-lateral rentgenografiyaning AUC qiymati pastroq (0,58) bo‘lib, bu uning sezuvchanlik va aniqlik darajasi exosonografiyaga nisbatan past ekanligini ko‘rsatadi. Exosonografiyada sezuvchanlik 92,3% ni tashkil qildi, bu esa tashxislash ehtimolining yuqori darajada sezuvchanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, maxsusligi 85,7% bo‘lib, bu ham uning tashxisda yuqori samaradorlikka ega ekanini anglatadi. Rentgenografiyada esa sezuvchanlik 15,4% ni tashkil etdi, bu esa uning aniqlash darajasi pastligini ko‘rsatadi, biroq maxsuslik darajasi 100% bo‘lib, faqat aniq holatlarda tasdiqlandi. Xulosa. Anorektal tug‘ma nuqsonlarni erta tashxislashda transperineal exosonografiyani darhol o‘tkazish mumkinligi anomaliyalarning anatomik xususiyatlari real vaqtda aniqlash va baholash, jarrohlik rejasini to‘g‘ri belgilash imkonini yaratadi. Shuningdek, bu usul nurlanish xavfini keltirib chiqarmasligi uni rentgenografiyaga nisbatan afzal usulga aylantiradi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники