«Ta’vilot al-qur’on» asarida oyatlar sababi nuzulining rivoyat qilish uslublari
Аннотация
Maqolada Imom Moturidiyning «Ta’vilot al-Qur’on» asarida sababi nuzul rivoyatlari ikki asosiy shaklda ifodalangani: lafzan (so‘zma-so‘z) va ma’nan(mazmunan) yoritilgan. Lafzan rivoyatlar, ya’ni aynan so‘zma-so‘z keltirilgan rivoyatlar kamroq uchraydi. Masalan, Hasan Basriydan keltirilgan rivoyatda, musulmonlar o‘rtasidagi kelishmovchilir sababli «Agar, mo‘minlardan ikki toifa o‘zaro urushib qolsalar, darhol ular o‘rtasini isloh etingiz!», oyati nozil bo‘lgani aytiladi. Masalan, Badr asirlari haqida bo‘lgan rivoyatlarda tafsilotlar to‘liq keltiriladi. Ushbu uslub Imom Moturidiyning rivoyatlarning muhim qismlarini batafsil taqdim etganini ko‘rsatadi.Ma’nan rivoyatlar, ya’ni mazmunan keltirilgan rivoyatlar ko‘proq uchraydi. Misol uchun, Abu Tolibning vafoti bilan bog‘liq rivoyatlarda sababi nuzul qisqacha bayon etilgan. Imom Moturidiyning tafsir uslubida rivoyatlarni qisqartirishda, u «أو نحو هذا من الكلام» (yoki shu kabi so‘zlar) kabi iboralarni ishlatgan. Ba’zan esa «و في الحديث طول» (va gap uzun) kabi iboralar orqali rivoyatlarning batafsil qismlarini qisqartirgan. Demak, u ba’zan, ma’lumotni to‘liq berishdan ko‘ra, qisqartirilgan va mazmunni saqlangan matnlarni afzal ko‘rgan.Maqolada, Moturidiyning «Ta’vilot al-Qur’on» asarida sababi nuzul rivoyatlarining uslubiy yondashuvini ko‘rishimiz mumkin.
Перевод пока недоступен