YESEN-2 TOSHGAISHLOV BERISH USTAXONASIYANGI TEXNIK-TIPOLOGIK TADQIQOTLARDA
Аннотация
Maqola Ustyurt platosi botiqlaridan biri bo‘lgan Borsa-Kelmasning janubiy-g'arbiy chekkasida joylashganYesen—2 toshga ishlov berish ustaxonasi materiallarining yangicha texnik-tipologik tadqiqiga bag‘ishlangan.Yodgorlik 1977 yilda A.V. Vinogradov hamda E. Bijanovlar tomonidan topib o'rganilgan. Bu yerdan 200 gayaqin tosh artefakt yig‘ib olingan. Biroq ulaming madaniy-davriy talqini borasida mutaxassislar o‘rtasidahanuz yakdillik yo‘q. Mualliflardan biri (E. Bijanov) yodgorlikni so‘nggi ashel yoki ilk must'e davri bilansanalagan bo‘lsa, ikkinchisi (A.V. Vinogradov) uning kolleksiyasini o‘rta paleolitning finali yoki so‘nggipaleolit davrining boshlari bilan sanalaganlar. Ustaxonadan topilgan asosiy tosh buyumlar bifaslar bo‘lib,ulami muallfflar bifas-tig‘lar va qo‘l cho‘qmorlari deb turlicha talqin qilganlar. Ammo, ulaming pichoqlarsifatida ishlatish uchun ishlab chiqarilganligi ham ehtimoldan xoli emas. Yodgorlikning funksional ahamiyatiborasida ham yakdillik yo‘q. Nashrlarda Yesen-2 topilma joyi makon, makon-ustaxona va ustaxona terminlaribilan tilga olingan bo'lsada, garchi mutaxassislar yodgorlikni bifaslar ishlab chiqarishga yo‘naltirilganliginita‘kidlaganlar. Tadqiqot usullarining hozirgi taraqqiyot bosqichida Yesen-2 topilmajoyi materiallarini texniktipologikusullar yordamida o‘rganish va yuqorida tilga olingan turli fikrlarga baholi-qudrat barham berishushbu tadqiqotning asosiy maqsad-vazifasi qilib belgilandi.
Перевод пока недоступен