O‘RTA ASR MUSULMON MAMLAKATLARIDA SALOMATLIK MASKANLARINING tadrijiy rivoji
Аннотация
O'rta asrlar islom olamidagi shifoxona tizimining rivojlanishi butun dunyo bo'ylab zamonaviy shifoxona tizimiga ko'p jihatdan o'z ta'sirini ko'rsatdi. U ko‘chma shifoxonalar kabi o'z davri uchun innovatsion g‘oyalar va amaliyotlarni tatbiq etish, tibbiyot maktablari va universitetlarini tashkil etish orqali tibbiy tadqiqotlarni rivojlantirish va shu soha mutaxassislariga qo'shimcha rag‘batlantirishlar joriy etildi. Bemorlarga rahm-shafqat va insonparvar munosabatda bo‘lish asnosida sog‘lom shifoxona boshqaruvi uchun muhim poydevor yaratdi. Ayol xodimlar bandligini rag‘batlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish nuqtai nazaridan yetakchi bo‘ldi. Tibbiyot muassasalari va sog'liqni saqlash tizimi va tibbiy etikani joriy etish kabi bir qator ishlar amalga oshirildi. Bu xususiyatlar o'rta asrlardagi islom shifoxonalarini o'z davrining zamonaviy shifoxona tizimini joriy etishga turtki bo'lib xizmat qildi. Ushbu shifoxonalarning moddiy bazasi qirollik huzuridagi vaqf xayriya fondlari tomonidan ta'minlangan.
Перевод пока недоступен