XRISTIANLIK VA ISLOM MANBALARIDA ASKETIZMGA OID KO‘RSATMALAR TAHLILI
Аннотация
Maqolada xristian asketizmi asosi “Injil”, “Havoriylar maktublari” hamda havoriylar faoliyatiga tayangani aniqlangan. Pavel, Pyotr kabi havoriylarning hayot yo‘llari va turmush tarzlari xristian asketizmining rivojiga namuna o‘laroq ta‘sir ko‘rsatgani yoritilgan. Xristianlik asketizmiga oid manbalar IV-V asrdan boshlab shakllanishi kuzatilgan. Bu davrdagi manbalar din yetakchilari tomonidan yozila boshlagan, keyingi davrlarga tegishli manbalarda asketizm va asketik amaliyotlar yuzasidan nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilgan. Xristianlik asketizmi bo‘yicha o‘rta asrlarda ko‘proq faylasuflar shug‘ullangan, zamonaviy tadqiqotlarda esa, bu mavzuda dinshunos, ilohiyotshunos teologlar bilan bir qatorda sosiolog mutaxassislar ham qiziqqanlar.Islomdagi asketik qarash va amaliyotlar asosi islomning asosiy manbalari Qur‘oni karim va Sunnatga tayangani oyat va hadislar misolida ko‘rib chiqilgan. Islomdagi zuhd mavzusiga taalluqli manbalar hijriy I va II asrlarda shakllana boshlangan. Bu davrda zuhdga oid qarashlar tizimlashuvi kuzatilgan hamda mazkur mavzuda maxsus adabiyotlar yaratilgan. Shuningdek, maqolada islom ulamolari tomonidan tuzilgan “Kitob az-zuhd” turkumidagi asarlar ham islomda zohidlikning nazariy va amaliy asoslari bo‘lib xizmat qilgani, klassik davr adabiyotlarining deyarli barchasida zuhdga tegishli fasl (boblar) kiritilgani, xususan, Kalaboziy, Qushayriy, Abu Tolib Makkiy, Imom Gʻazzoliy kabi olimlarning tasavvufga doir asarlarida bu mavzu alohida yoritilgani tahlil qilingan. Islomning ilk davrlarida zuhd mavzusiga oid hadislarni alohida jamlash urf bo‘lgan hamda zuhd amaliyotiga doir mustaqil yo‘riqnomalar, zuhd tavsifiga oid kitoblar ham ta‘lif etilgan.
Перевод пока недоступен