Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

NAJMIDDIN KUBRO ASARLARIDA SHAYXLIK MAQOMI VA KOMIL INSON MASALASINING YORITILISHI

Nilufar TUYCHIEVATeacher of the ICESCO Department for Islamic Studies and Studying Islamic Civilization, International Islamic Academy of Uzbekistan. A.Kadiri str. 11, 100011, Tashkent
The Maturidiyyajournal2025uz
ABI

Аннотация

Mazkur maqolada valiylik darajasiga yetgan shayxlik maqomi haqida so‘z yuritiladi. Valiylik so‘zini etimologik jihatdan tahlil qilib, uning kelib chiqishi bilan bog‘liq ma‘lumotlarni berishga harakat qilingan. Qur‘oni karimda valiylik va karomat tushunchasi qanday ahamiyat kasb etishi ham ochib berilgan. Mavzuga oid Qur‘on oyatlari va hadislar ketirilgan. Valiylik va karomat masalasi tasavvufda eng muhim mavzulardan bo‘lib, u haqida deyarli barcha mutasavviflar so‘z yuritganlar. Ammo turli tariqat vakillari bu tushunchalarni har xil talqin qilganlar. Jumladan, kubraviylik tariqatining asoschisi Najmiddin Kubroning ham bu masalada o‘ziga xos qarashlari mavjud bo‘lgan. Uning karomat bilan bog‘liq fikrlari “Usuli ashara” kitobida o‘z aksini topgan.Kubro shayxlik maqomiga erishgan kishining sifati va fazilatlarini bayon qilar ekan, ikki ahamiyatli jihatga qarash lozimligini uqtiradi: biri muridning moliyaviy va jismoniy yo‘l bilan xizmat ko‘rsatishi bo‘lsa, ikkinchisi, shayxning murid qobiliyatiga yarasha ruh va fayz bahsh etmog‘idir. Bu narsalar muridning yetuklikka erishishini tezlashishiga xizmat qiladi.Najmiddin Kubro shayx ta‘lim berish uchun qanday sifatlarga ega bo‘lishini sanab o‘tadi. Shuningdek ayrim illatlardan xoli bo‘lish zarurligini ham ta‘kidlaydi. Shayxlikdan murod bu Yaratganning rizoligiga erishish. Uni topish yo‘llarini shogirdlarga ko‘rsatib berish. Jamiyatda go‘zal xulqli kishilar safini kengaytirish uchun aynan ustoz-shogird an‘anasiga tayangan holda ish ko‘rish samarali vosita ekanini ko‘rsatib bergan. Bularning barchasi Najmiddin Kubro tomonidan uning kitoblarida qat‘iy ko‘rsatilgan.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0